Aviatsiya xavfsizligi va bojxona nazorati qoidalari

Transport xavfsizligini ta'minlash uchun barcha yo'lovchilar va kuzatuvchilar aeroportga kirishda xavfsizlik nazoratidan o'tishlari kerak. Xavfsizlik nazorati aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Yo'lovchi va bagaj/qo'l yuklari tekshiruvdan o'tkaziladi.

 

Tekshiruvdan tez va qukay o'tish uchun yo'lovchi oldindan tayyorgarlik ko'rishi mumkin:

● pasport va bortga chiqish taloningizni qo'lingizga oling;

● cho'ntaklardagi barcha buyumlarni metall detektordan o'tish uchun sumkaga o'tkazing;

●kiyim, poyabzal, kamar, bosh kiyimlar, sharflarni echib oling va ularni parvoz oldidan tekshiruv xonasida mavjud bo'lgan maxsus idishlarga soling;

● elektron qurilmalarni (telefon, pleer, noutbuk) alohida idishga soling;

● ichi bo'sh va yumshoq bolalar o'yinchoqlari, shuningdek, har qanday elektron qurilmalar maxsus usullar bilan tekshirilishiga tayyor bo'ling.

 

Tekshirish jarayonida xavfsizlik xizmati xodimlari bir nechta yo'naltiruvchi savollarni berishlari mumkin. Yo'lovchilar tekshiruv o'tkazayotgan aeroport xodimlarining barcha talablariga rioya qilishlari shart.

 

Xavfsizlik nazorati uchun asoslar:

 

● O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasida xavfsizlik nazoratini o‘tkazish tartibini to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2016 yil 2 iyun, 183-son);

● Ichki huquqiy hujjatlar.

 

 

Diqqat! Samolyotga chiqishdan oldin barcha yo'lovchilar va bagajlar parvozdan oldingi tekshiruvdan o'tishlari lozim. Parvoz oldidan tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yo‘lovchiga parvozga ruxsat berilmaydi. 

 

Вojxona nazorati

Красный и зеленый коридор 

Eksport qilinadigan valyuta va tovarlar miqdoriga qarab yo‘lovchilar “yashil” yoki “qizil” yo‘lak orqali o‘tishlari mumkin.

 

“Yashil” yo‘lak tovar va valyutani og‘zaki deklaratsiya qiluvchilar uchun mo‘ljallangan. Jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5000 AQSH dollaridan ortiq bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. Shuningdek, yo'lovchilar 100 million so'm ekvivalentidagi naqd valyutalarni yo'lovchi bojxona deklaratsiyasini to'ldirgan xolda olib chiqishlari mumkin.

Tovarlarni eksport qilishdagi cheklovlar. Guruch – 3 kg.gacha, non mahsulotlari – 5 kg.gacha, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, shakar va oʻsimlik yogʻi – 2 kg.gacha, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalardan 40 kg.gacha olib chiqish mumkin.

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy yoki chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish 100 million so‘m ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

 

! Bojxonachilar “yashil yo‘lak” orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilarni bojxona ko'rigidan o'tkazish huquqiga ega. Ko'rikdan so‘ng olib o'tilishi taqiqlangan yoki deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar aniqlansa, mazkur tovarlar musodara qilinishi va yo‘lovchi javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

“Qizil yo‘lak" yozma deklaratsiyalanishi lozim bo'lgan tovarlari bor yo‘lovchilar uchun. Deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar qatoriga, olib kirishda, 65 grammdan ortiq zargarlik buyumlari, 2000 AQSH dollari ekvivalentidan ortiq yoki tijorat maqsadlaridagi tovar moddiy boyliklari, 2 litrdan ortiq alkogolli ichimliklar, shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan maishiy texnika va elektronika buyumlari, shuningdek, ekvivalenti 70 million soʻmdan ortiq naqd valyutalar va boshqalar kiradi.

 

! Agar siz bojxona nazoratidan o'tishda to'gri yo'lakni tanlashda ikkilansangiz har doim aeroport vakiliga yoki bojxona xodimiga murojaat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, “yashil” va “qizil” yo‘laklardan o'tish tartibi yuzasidan ma'lumotlarni Davlat bojxona qo‘mitasining (0371) 120-76-00 ishonch telefoni yoki customs.uz veb sayti orqali olishingiz mumkin.

 

09 Jan, 2022