Avtoturargoh

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosan “Toshkent” xalqaro aeroporti yaqinidagi 

avtoturargohlardan foydalanish uchun quyidagi tariflar belgilandi.

• Avtoturargoh xizmatlari uchun tariflar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida (QQS bilan) ko‘rsatilgan.

 • Pullik to‘xtash joyi xizmatidan foydalanish vaqti ko‘payishga qarab to‘liq soatgacha yaxlitlanadi.

 • Kunlik tarif to‘xtash joyidan 5 soat foydalangandan so‘ng qo‘llaniladi.

 • Faoliyatini aeroport hududida olib boruvchi huquqni muhofaza qilish organlari yoki boshqa tashkilotlar 

xodimlari uchun uzoq muddatli imtiyozli tariflar “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi ruxsati bilan 

belgilanishi mumkin.

 • Ushbu tariflar favqulodda xizmat avtomobillariga taalluqli emas.

09 Jan, 2022